Tuman hokimligining 18 nafar xodimi malaka oshirib, sertifikatga ega bo‘ldi

Samarqand tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 10-moddasi talablari asosida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritilishi bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan tumandagi 12 ta davlat tashkilotlarida, 15 ta umumta’lim maktablarida o‘rganish o‘tkazildi.
Shuningdek, tuman hokimligida barcha ish yuritish qog‘ozlari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi ta’minlanib, “ye-qaror” elektron platformasi orqali 303 ta tuman hokimining qaror va farmoyishlari va Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari to‘liq lingvistik ekspertizadan o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2021 yildagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini yuzasidan tumandagi 54 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi. Ularning sohaga oid bilimlarini sinash maqsadida test sinovlari va diktant o‘tkazildi. Bundan tashqari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslarida tuman hokimligining 18 nafar xodimlari, tuman tashkilotlarining 8 nafar xodimlari malaka oshirib, maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Tumanda “Davlat tili 10 kunligi” ham e’lon qilindi. Bunda har bir mahallada profilaktika inspektori rahbarligida mahalla raisi va hududiy soliq nozirlari ishtirokida ishchi guruhi shakllantirilib, barcha tashqi yozuvlar xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha jami 2051 ta tashqi yozuvlar mavjudligi, shundan 1706 tasi xorijiy tilda va imloviy xatolar bilan yozilganligi aniqlandi. Tadbir davomida 1706 ta almashtirishni talab etadigan tashqi yozuvlarning 1049 tasi (61,5 foiz) ishchi guruhi tomonidan joyida olib tashlanib, 657 tasini qonun talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi.
-  Tumandagi 48 ta turli nomlar bilan nomlanib kelinayotgan qabristonlar Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021 yil 23 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Samarqand tumanidagi mavjud 48 ta nomsiz qabristonlarga nom berish to‘g‘risida”gi qarori bilan qayta nomlandi, - deya ta’kidladi tuman hokimining maslahatchisi Bunyod Yarashev o‘tkazilgan ochiq mauloqotda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM