Samarqand tumanida qancha yoshlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda?

-  Tumanda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ustuvor vazifa etib belgilab olingan, - deydi o‘tkazilgan ochiq muloqotda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova. - O‘tgan vaqt davomida mazkur yo‘nalishlarda sezilarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, tumanda yoshlar banligini ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hisobiga 1311 nafar yoshlar, vaqtinchalik jamoat ishlariga 354 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 350 nafar yoshlarga tijorat banklari tomonidan 9,819,6 mln so‘m kredit ajratildi. Shuningdek, “Xar bir yoshga bir gektar” tamoyili asosida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida klaster va fermer xo‘jaliklarning ekin yeridan ijara asosida dexqonchilik qilishi uchun 220 nafar yoshlarga 45,5 ga yer ajratildi. Yoshlarga shaxsiy tomorqasidan samarali foydalanish orqali o‘zini o‘zi band qilishi va daromadga ega bo‘lish maqsadida 31 nafar yoshlarga 79.2 mln so‘m miqdorda subsidiyalar ajratilgan.
Yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasi shakllantirilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 3048 nafar yoshlar daftarga kiritilib, 2216 nafari yoshlar daftardan chiqarilgan. Shundan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yoshlarning 154 nafariga kredit mablag‘lari ajratildi. 306 nafariga dehqonchilik qilish uchun yer ajratildi. Shuningdek o‘zini o‘zi band qilish maqsadida 576 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari tarqatilib, daftardan chiqarilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM