Hokim o‘rinbosari xizmat safari bilan Belgiyaga bordi

Ayni paytda Samarqand viloyat delegatsiyasi Belgiya davlatining Bryussel shahrida bir qator masalalar bo‘yicha xizmat safarida bo‘lib turipti.  
Delegatsiya tarkibida Samarqand tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shoxrux Asliyev ham bor. Ma’lum qilinishicha xizmat safaridagilar joriy yilning 28-29 mart kunlari "Picanol" va "Vandewiele" kompaniyalarida bo‘lgan. Mazkur ikkita yirik tikuvchilik sohasidagi asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilar dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Shuningdek, viloyatdan ketgan delegatsiya a’zolari Bryusselning Savdo-sanoat palatasida bo‘lib, ikki tomonlama savdo iqtisodiy investitsion va eksport-import masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamada ishtirok etgan. 
o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va qator masalalar bo‘yicha tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM