2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi o‘tkazildi

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, ular orasida kitobxonlik ko‘nikmalarini targ‘ib qilish, qolaversa, ota-onalarning e’tiborini o‘z farzandining kitob mutolaasiga qaratishdan iborat. 

Mazkur aksiya davomida 20-umumta’lim maktabi kutubxonasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Unda so‘nggi yillarda chop etilgan bolalar adabiyotlari ko‘rgazmasi, o‘quvchilarning sevimli yozuvchi-shoirlari bilan uchrashuvlar, turli ma’rifiy tadbirlar, viktorinalar tashkil etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM