Tadbirkor - elga madadkor

Yurtimizda so‘nggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslarini keng miqyosda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida qator imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.
Albatta, buning samarasi o‘laroq, tadbirkorlikka ishtiyoqmand yoshlar safi kengayib boryapti. Xususan, tumanimizning Qaynama mahallasida yashovchi Ahtam Hamroyev ham ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zining "Madina and family" oilaviy korxonasini tashkil etib, non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Qayd etish lozimki, o‘tgan yilda ikki nafar ishchi bilan faoliyat boshlagan Ahtam bugungi kunda 8 nafar ishsiz bo‘lgan xotin-qizlarni korxonaga ishga qabul qilib, ularning bandligini ta’minladi.
- Ayni vaqtda oilaviy korxonamizda har kuni bir million so‘mlik sifatli mahsulot ishlab chiqarib aholi dasturxoniga yetkazib beryapmiz, deydi korxona rahbari A.Hamroyev.
- Sayyora Hamroyeva, Kimyo Suvonova, Shohista Haqberdiyeva singari ishchilarimiz say’-harakatlari bilan tayyorlanayotgan mazzali va sifatli mahsulotlarimizga talab kun sayin oshib bormoqda.

Toshpo‘lod NUR,
Surat muallifi B.QODIROV.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM