Korrupsiyaga qarshi kurashda barcha birdek mas’ul

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Taraqqiyotni sekinlashtiradi. Davlatda huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo‘ladi.

Shu boisdan bugungi kunda bu illatga qarshi kurashning barcha huquqiy asaslari yaratilgan. Uni hayotga tatbiq etish ishlari izchillik bilan davom etmoqda.

Tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ana shu masalalar xususida so‘z bordi.

Unda viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari, tuman hokimi, sektor rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash, unga o‘z vaqtida chek qo‘yish dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlandi. Bunda har bir tashkilot rahbari o‘zi shaxsiy na’muna ko‘rsatishi, xodimlarining nopok yo‘llarga kirib qolmasligi va bunday holatlarning oldini olishda barcha birdek ma’sul ekanligi aytib o‘tildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo‘llash bilan emas, balki har bir shaxsda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, qolaversa, bu illatga qarshi davlat va jamiyatning o‘zaro jipsligini kuchaytirish lozimligi, endi korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlarni davlat ham, halq ham kechirmasligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM