Madaniyat va san’at xodimlari e’tirof etildi

So‘ngi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarni madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 15 aprel “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” sifatida nishonlana boshlandi.
Tuman hokimligida sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda sektor rahbarlari tumanimiz madaniyati va san’atini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari, xalqimiz ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissalari uchun minnatdochilik bildirdi. Shuningdek, bir guruh madaniyat va san’at xodimlari tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM