Barcha sohalarda korrupsion omillarga chek qo‘yish zarur

Bugun jahon siyosatchilari, olimlar va umuman, bashariyatning ertangi taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir inson tomonidan korrupsiya xatarli voqelik sifatida tilga olinmoqda. Bu illatga qarshi kurashish masalasi barcha davlatlarda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Xususan, viloyatimizda ham bu borada tizimli ishlar olib borilayotir. Tuman hokimligida o‘tkazilgan “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusidagi tadbirda ham ana shu masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.


Unda viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Komilov, tuman hokimning birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev hamda tuman prokurori o‘rinbosari A.To‘ychiyevlar korrupsiya xozirgi kunda transmilliy holat hisoblangani bois butun dunyo hamjamiyatiga xavf tug‘dirayotganini ta’kidlashdi. Shu bilan birga, yurtimiz taraqqiyoti, aholi farovonligi yo‘lida ulkan to‘siq ekani qayd etildi.
Ta’kidlash joiz, korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Inson huquqlarining buzilishiga olib keladi. Islohotlarga to‘sqinlik qilib, jamiyat taraqqiyotini ortga suradi. Oqibatda hayot sifati yomonlashib, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalarning ildiz otishi uchun sharoit yuzaga keladi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlaridagi har bir xodim bu illatning ildiz otishiga befarq bo‘lmasligi tushuntirildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM