Favqulodda vaziyatlarga tayyormizmi?

Samarqand tumani hokimligi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv seminarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi o‘rganildi.

Tadbirda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududdan fuqarolarni evakuasiya qilish holatlari tekshirildi.  Yog‘ingarchilik vaqtida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish, qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasida tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarga shaxsiy tarkibning tayyorgarlik holatlari o‘rganib chiqildi. 

Taktik o‘quv mashg‘ulotida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM