Usta Umar Jo‘raqulov asos solgan maktab bir asrdan buyon davom etyapti

Bugun bu maktabning davomchilari ko‘p. Ulardan biri - qirq yildan buyon kulolchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan shogirdi Ilhom Bobomurodovdir.
Samarqand tumanidagi Konigil turizm qishlog‘ida tashkil etilgan tadbir Usta Umar Jo‘raqulovni xotirlash, bugun kulolchilikni e’zozlab kelayotgan hunarmandlarni qadrlashga bag‘ishlandi. Unda Ilhom Bobomurodov shogirdlari va ishtirokchilarga oddiy loydan san’at asari yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tib berdi.

- Ustaxonamizda loydan ko‘za va kosalar, ertak va afsonalar qahramonlari, hayvonlar haykalchalari va boshqa buyumlar yasaymiz, - deydi I.Bobomurodov. - Yasagan har bir mahsulotimizni o‘ziga xos, betakror bo‘lishiga va ularda albatta qadimiy kulolchilik maktabi an’analari aks etishiga e’tibor qaratamiz.

Bugungi kunda Ilhom usta "Usta-shogird" an’anasiga ko‘ra, 10 nafarga yaqin yoshlarga kulolchilik sirlarini o‘rgatmoqda. Shuningdek, o‘g‘li Mehroj hamda nabiralari – Temur va Muhammaddin ham bobosi yonida kulolchilik bilan shug‘ullanmoqda.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM