Boshoqli don yetishtirish va sotishda erkin raqobat ta’minlanadi

Tuman hokimligida tashkil etilgan seminarda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish, boshoqli don yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari F.Abilov, tuman hokimi S.Usmanov, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. 

Shuningdek, seminar davomida barcha mas’ullar, otryad rahbarlari hamda a’zolariga o‘rim-yig‘imni to‘g‘ri tashkil etish va saqlash borasida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM