Mahalladagi hamkorlik samarali bo‘ladi

Tuman hokimligida tashkil etilgan seminarda shu xususida so‘z bordi.
Unda Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida saylovlar muvaffaqiyatli yakunlangani, ayniqsa, mahalla fuqarolar yig‘inlariga yangi saylangan raislari ish faoliyatini bugungi kun talabiga muvofiq tashkil etish borasida to‘xtaldi.


Mahallada faoliyat olib borayotgan har bir xodim hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘ysagina hududda jinoyatchilikning oldini olishda yuqori samaraga erishishi ta’kidlandi. Shuningdek, aholining ish bilan bandligi, oilalarning tinchligi, tadbirkorlikning rivojlanishida muhim omil sanalishini qayd etdi.
Seminarda har bir soha vakillarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM