Tuman IIB boshlig‘i bitiruvchi yoshlar bilan muloqot qildi

O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan tumandagi mahallalarda sektor rahbarlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri tumandagi Saxovat mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Anvar Raxmatov mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, kasb o‘rganishi muhokama etildi. Tadbir doirasida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi va kerakli ko‘rsatmalar berdi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM