
Ayni vaqtda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov Qo‘shtamg‘ali mahallasida tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Unda Samarqand tumani hududidan o‘tgan M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1081-kilometridan 1093 kilometrigacha hamda M-37 A xalqaro avtomobil yo‘lining 0-8-kilometrigacha obodonlashtirish, hududdagi aholi xonadonlari fasad qismini zamon talabi darajasida ta’mirlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududda gulzorlar barpo etish, noqonuniy reklama vositalarini olib tashlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.