Tuman hududidan o‘tgan M-39 xalqaro avtomobil yo‘li atrofi obod bo‘ladi

Bu borada Samarqand tuman hokimi Sirojiddin Usmanov Qo‘shtamg‘ali mahallasida tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Unda Samarqand tumani hududidan o‘tgan M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1081-kilometridan 1093 kilometrigacha hamda M-37 A xalqaro avtomobil yo‘lining 0-8-kilometrigacha obodonlashtirish, hududdagi aholi xonadonlari fasad qismini zamon talabi darajasida ta’mirlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududda gulzorlar barpo etish, noqonuniy reklama vositalarini olib tashlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Kun davomida mazkur ishlarni qay tartibda amalga oshirish, hududni obod maskanga aylantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga noturar obekt egalari bilan uchrashib, ishni jadallashtirish zarurligi, buning uchun tuman hokimligi tomonidan tegishli ko‘mak berilishini ta’kidladi.
M-39 xalqaro avtomobil yo‘li atrofini obod qilish borasidagi ishlar boshlab yuborildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM