Tuman hokimligi xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi

Bu Samarqand tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova hamda “Smart ta’lim” xususiy o‘quv markazi direktori A.Axmedovlar tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumida asosiy mezonlardan biri etib belgilandi.

Shuningdek, kelishuvda aprobasion diagnostik test sinovlarini joriy qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini hamkorlikda tashkillashtirish, ta’limdagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish, maktablar qoshida markaz filiallarini ochish ko‘zda tutilgan.

E’tiborli jihati o‘quv markaz faoliyati davomida kam ta’minlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ro‘yxatida bo‘lgan fuqarolarning har yili 20 nafar farzandini bepul o‘qitadi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM