Zaxlikda maxsus konteyner o‘rnatish ishlariga panja ortidan qaralmoqda

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash maqsadida Samarqand tumanidagi olis va chekka hududlarga maxsus konteynerlar o‘rnatilishi belgilangan.
Bu orqali tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida “mahalla tibbiy punkt”lari tashkil etish orqali hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilanadi va yaqinlashadi.
Bugun Zaxlik mahallasida o‘rnatilgan ana shunday tibbiyot punktlari holatini ko‘zdan kechirdik. Afsuski bunda ko‘plab kamchiliklar yuzaga chiqdi. O‘rnatilgan maxsus konteyner atrofi obodonlashtirilmagan. Kanalizasiya tizimini ishga tushurish esa haligacha paysalga solib kelinmoqda. Top qismi ham maxsus qoplamalar bilan qoplanmagan. Konteynerni ranglash ishlariga umuman kirishilmagan. Nega shu vaqtgacha bu ishlar o‘lda-jo‘lda olib borilmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari bu haqda nima der ekan?

 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM