Aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustivor

Ta’kidlash joizki, xalqimizni yanada qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hayotini yaxshilashga qaratilgan say-harakatlar natijasida o‘tgan davr moboynida Samarqand tumani Qorasuv massivida zamonaviy infratuzilma va loyihalarga asoslanib qad ko‘targan ko‘p qavatli xonadonlardan subsidiya asosida 120 ta va 2022-yil uchun 94 ta  uy ajratilgan.
- Ajratilyotgan xonadonlar 2021-yil 10-dekabrdan boshlab, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash tartibi joriy etilganligi muhim ahamiyatga ega, - dedi tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev navbatdagi matbuot anjumanida. - Bu borada daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilinganligi aholiga yanada qulaylik tug‘dirdi. Bundan tashqari subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantirishi borasida yengilliklar ham yaratildi.
Qayd etilganidek, sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanib berilishi, fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi berilanligining o‘ziyoq aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustivorligining va fuqarolar manfaatining nechog‘lik pirovard darajaga olib chiqilganligidan ko‘rsatmoqda.
Shuni ham takidlab o‘tish joizki, bugungi kunda PQ-33 soni qaror bo‘yicha 2022-yilda subsidiya asosida uy-joylar ajratilishi bo‘yicha ishlar to‘xtab qolgani yo‘q, ya’ni 2022-yil uchun Davlat xizmatlari markazida 300 dan ortiq arizalar qabul qilindi. Bundan tashqari, aholining quyi uy-joyga muhtoj va oylik maoshi va iste’mol savatlaridan kelib chiqqan holda Samarqand tumanida arzon uy-joylarga davogar, ariza topshirgan 1 520 ta oilalar orasidan arizalarni ko‘rib chiqish komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ariza, xonadon atroflicha o‘rganilib, 140 ta oilalar tanlab olindi. Ya’ni, birinchi bosqichda 80 nafar uy-joyga muhtoj oilalar tanlab olinib, uy-joy ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda tumanda uy-joyga muhtoj quyi qatlam oilalarining ko‘pligini inobatga olib, yana qo‘shimcha 60 nafar fuqarolarga uy-joylar ajratildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM