Samarqand tumanida aholini ish bilan ta’minlash, ularga munosib sharoit yaratib berish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O‘tkazilgan ochiq muloqotda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev shu haqda ma’lumot berdi.
Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash, ularni quyi qatlamdan, ya’ni kambag‘allikdan olib chiqish muammosi muhtaram prezidentimizning oldilariga qo‘ygan eng birinchi dolzarb masalalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ishsizlik, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini o‘rganishda har bir mahallada hokim yordamchilarining hamda yoshlar yetakchilarining faoliyat olib borayotganiyoq bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
2022-yilning 1-yanvar holatida tumanning o‘rtacha doimiy aholisi soni 258 971 nafarni tashkil qiladi. Shuningdek, yanvar holatiga tumandagi ishsiz fuqarolar soni 10 791 nafarni, ishsizlik  darajasi 9,9 % ni tashkil etmoqda.
Tumandagi ishsizlik darajasini hamda ishsiz yoshlar, ayollarimiz sonini pasaytirish va bandligini ta’minlash maqsadida 2022-yil yanvar-fevral oylarida 481 nafar ishsiz fuqarolar murojaati o‘rganib chiqilib, ularning 76,5 foizi xalq xo‘jaligining turli sohalariga doimiy ishlarga joylashtirildi.
Ish topish imkoni bo‘lmagan 81 nafar ishsiz fuqaro Samarqand shahridagi “Ishga marxamat Monomarkaziga”, O‘zbekiston-Koreya davlatlari hamkorligidagi KOIKA va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash buyicha “Temurbeklar” maktabiga turli xil kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirildi.
2022-yilda ishsizlik darajasini pasaytirish va aholi bandligini keskin oshirilishini ta’minlash maqsadida har bir sektorda bittadan kompyuter savodxonligi va tikuvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etilmoqda. Misol tariqasida 4-sektor hududidagi Dehnav MFY binosida o‘quv kurslari tashkil etildi. Bugungi kunda faoliyatini boshlash arafasida. Kasb xunarga o‘qib chiqqan og‘ir turmush sharoitidagi 20 nafar fuqarroga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida mutaxassisliklaridan kelib chiqib, 7 illion so‘mgacha asbob-uskuna olish uchun subsidiya mablag‘lari ajratiladi.
Muloqot davomida shu kabi ma’lumotlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM