Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining oltmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada dastlab Samarqand tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Ganiyevning hisoboti tinglandi.
Qayt etilganidek, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yilning yanvar-iyul oylarida ushbu loyihalarni ishga tushirish natijasida 18 ming 708 nafar ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.  Amalda yangi tadbirkorlik loyihalar hisobidan 42 foizga, o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida 33 foiz, faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik korxonalarni legallashtirish hisobiga 24 foizga bajarildi.
Shundan so‘ng deputatlar sessiya kut tartibiga binoan tuman hokimligi moliya bo‘limi bosh xisobchisi F.Misirovning 2022 yilning II choragi bo‘yicha tuman mahalliy byudjet parametrlarining ijrosi hamda tuman mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tingladi.
F.Misirov ta’kidlaganidek, 2022-yil II chorak davomida tuman mahalliy byudjetini sifatli qilib ijrosini ta’minlash borasida muayan ishlar olib borildi. 2022-yil tuman mahalliy byudjetining daromadlari 19 mlrd 970 mln 030 ming so‘m daromadlar tushurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda II chorakda 22 mlrd 980 mln 204 ming  so‘mga bajarildi.
Jumladan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i buyicha 2022 yil II chorak reja 1 mlrd 223 mln 030 ming so‘m qilib belgilangan bo‘lsada haqiqatda  1 mlrd 314 mln 956 ming so‘mga bajarilgan, bu rejaga nisbatan 91 mln 926 ming so‘mga ko‘p ya’ni 107,5 foizga bajarildi. 


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i buyicha 2022 yil II chorak reja 3 mlrd 583 mln 530 ming so‘m qilib belgilangan bo‘lsa-da, haqiqatda 3 mlrd 741 mln 616 ming so‘mga bajarilgan. Bu esa rejaga nisbatan 158 mln 086 ming so‘mga ko‘p.
Ushbu soliq turlari bo‘yicha yuqoridagi ko‘rsatkichga erishishda tuman hokimligi tomonidan tumandagi barcha mahallalar hamda barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borgan say-harakatlari natijasida erishildi.
Sessiya davomida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Sh.Xasanovning “Samarqand tumanida aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hamda 12 va 21-umumta’lim maktablari direktorlarining hisobotlari eshitildi.
Yessiyada tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM