Urganjiliklarning muammosi yechim topdi

Shu mahallada o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman hokimi, sektor rahbarlari mahalla fuqarolarini qiynayotgan muammolar yechimi borasida bosh qotirdi. Qabulda rahbarlarga ichimlik suvi, oqova suv tarmog‘i hamda elektr energiyasidagi muammolar to‘g‘risida murojaatlar bo‘ldi.
Mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon oqova suv tarmog‘idagi nosozliklar qiynab keladi. Bugungi kunga kelib mazkur masala aholining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Qabulda davomida ushbu masalani joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Tuman suv ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida oqova suv tarmog‘i tozalandi. Shuningdek, ichimlik suvi, elektr energiyasidagi muammolar ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM