To‘qsonbosti ekinlari yaxshi daromad manbai

Samarqand tumanida 2023-yil hosili uchun aholi tomorkalariga jami 2418 gektar tuqsanbosti ekinlari ekilishi rejalashtirilgan. Shundan, 286 gektariga avgust-sentiyabr oylarida piyoz hamda sarimsoq piyoz, noyabr-dekabr oylarida qolgan 1924 gektariga tuqsanbosti usulida sabzavod va ko‘katlar ekililishi belgilangan.

Xo‘sh, bu jarayonlar qanday tashkil etiladi? Qay yo‘sinda ekin hosildorligini oshirish mumkin?
Jarqishloq mahallasida tashkil etilgan seminarda to‘qsonbosti ekinlarini ekish, sog‘orish va parvarishlash, yuqori hosildorlikka erishish sirlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Seminarda O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklar va tomorqa yer egalari Samarqand tuman kengashi vakillari, dehqonlar, mahalla fuqarolari ishtirok etdi.
Dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga, aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi. Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz to‘kin-sochin, narx-navo barqaror bo‘lishi ta’kidlandi.

Seminar ishtirokchilari mahalladagi Qobil Rustamov xonadonida bo‘lib, to‘qsonbosti ekinlarini ekish, uni parvarish qilish agrotexnikasi to‘g‘risida amaliy tavsiyalar berishdi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM