Ikkita mahallada 40 ta murojaat o‘rganildi

Tuman hokimi Sirojiddin Usmanov hamda sektor rahbarlarining Sho‘rboicha va Xo‘ja Ahrori Vali mahallalarida o‘tkazgan sayyor qabulida 40 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Dastlab Sho‘rboicha mahallasi yoshlari maktab sport zalidan bemalol foydalanishi, yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda sort to‘garaklarini tashkil etish, buning uchun tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiriga yetarlicha sharoit yaratib berish borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek mahallada yo‘l qurish tartibi, bu borada olib boriladigan ishlar to‘g‘risida ham keng tushunchalar berildi. Elektr energiyasidagi muammo, xususan eski simyog‘ochlarni almashtirish zarurligi ta’kidlandi. Masullarga mazkur masalani bir hafta ichida hal etish topshirig‘i berildi.

Bundan tashqari Xo‘ja Ahrori Vali mahallasida o‘tkazilgan qabulda aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish, potranaj hamshiralar uyma-uy yurib, fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalasi qo‘yildi. Har bir murojaat ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM