Samarqand tuman hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat filiali rahbar o‘rinbosari A.Ibragimov ishtirok etdi.
Unda ushbu davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yagona qonun hujjati qator vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlangani, qonunning qabul qilinishi “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lishi ta’kidlandi. Shuningdek, qonun davlat fuqarolik xizmatiga malakali kadrlarni faol jalb qilish, salohiyatini oshirish, fidoyi, xalqparvar, raqobatbardosh kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratishi, endilikda davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha tashkilotlar qatori tuman hokimligida ham xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyatini baholash, xizmat pog‘onalarida o‘stirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash, xizmatni tugatish masalalarida asos bo‘lib xizmat qilishi haqida fikr-mulohazalar  bildirdi. 
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan ko‘rgazmali tadbirda davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi, majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati asoslari, davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy himoyasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM