Vazir o‘rinbosari tumandagi 4 ta mahallaga bordi

Ayni kunlarda har bir mahalla kesimida ijtimoiy va investisiya dasturlarini shakllantirish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu maqsadda Respublika shtabi tashkil etildi. Mazkur shtab tarkibidagi ishchi guruh a’zolari tumanimizda bo‘lib, mavjud muammolarni o‘rganmoqda va uning yechimi borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Samarqand viloyatiga mas’ul etib belgilangan Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov boshchiligida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov, tuman hokimi Sirojiddin Usmanovlar tumandagi 4 ta mahallaning bugungi holatini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, “Xo‘ja Ahrori Vali”, “Mirzo Ulug‘bek”, Ko‘saho hamda Xaymar mahallalarida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mahallalarning ijtimoiy va infratuzilmasidagi muammolar xususida so‘z yuritildi. Mahallalardagi yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, elektr energiya va tabiiy gaz bilan ta’minlashdagi muammolarga yechim izlandi. Aniqlangan muammolar 2022-2023 yillar davomida bosqichma-bosqich hal etilishi borasida tegishli xulosalar qilindi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM