Nogronligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishlari uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova matbuot anjumanida shu haqda gapirdi.
Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan “Yoshlar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi sanaladi. “Yoshlar daftari”ga tuman (shaharlar)dagi har bir sektor kesimida mahallabay, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan yoshlar. Shuningdek, muqaddam sudlangan, probasiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi yoshlar kiritiladi.
Samarqand tumanida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi tomonidan 15 nafar yoshlarga yordam berish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 10 nafar yoshlarimizga moddiy yordam berish, 3 nafar yoshlarga davolanish xarajatlarini qoplab berish, 2 nafar yoshlarga asbob uskuna olib berilgan. Shuningdek, yoshlarni iste’dod va qobiliyatlarini namyoon etishlariga ko‘maklashish,  ularni iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida “Besh tashabbus” tadbirlaridagi faol ishtiroki uchun 5 nafar nogironligi bor iqtidorli yoshlarga kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.
2022 – 2023 - o‘quv yilida Samarqand tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan 75 nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda ta’lim olmoqdalar. Ulardan 48 nafari o‘g‘il va 27 nafari qizlardir. Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga 356 nafar oily ma’lumotli o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar. 
O‘zbekistom Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrug‘I bilan tasdiqlangan Nizomga asosan o‘qituvchilar maktab direktorlari tomonidan tasdiqlangan dars jadvali asosida 1-4-sinflar uchun 8 soat, 5-9-sinflar uchun 10 soat, 10-11-sinflar uchun 12 soat dars berib kelmoqda.
Tuman Xalq ta’limi bo‘limida uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar va ularga ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar banki yaratilgan.  Ularga uy sharoitida ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish hamda ularni ijtimoiy himoyalash ishlari tuman hokimligi, prokuratura va Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM