Chordarada sayyor qabul va yoshlar uchrashuvi bo‘ldi

Samarqand tumani Quyi Chordara mahallasida o‘tkazilgan qabulda tuman hokimi S.Usmаnov va sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi mudiri, maktabgacha ta’lim bo‘limi, bandlik, tibbiyot birlashmasi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi.

Unda Buxoriy mahallasi fuqarolari ham qatnashib, 20 dan ortiq murojaati tinglandi.
Uchrashuvda asosan murojaatlar yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda kommunal soha masalalariga oid bo‘ldi. Har bir murojaat ijrosini ta’minlash uchun mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM