Ochiq muloqotda tumanda madaniyat va san’atni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi

Image_tadbir: 

-  Samarqand tumanidagi madaniyat markazlarida 30 nafar xodim faoliyat olib bormoqda, - deydi tuman madaniyat bo‘limi mutaxassisi Ma’ruf Toshpo‘latov. - Ulardan 23 nafari ijodiy xodimlardir. Bundan tashqari bo‘lim tasarrufida 1 ta “Shashmaqom” ashula va raqs ansambli, “Boychechak” bolalar, “Parvoz” o‘smirlar, “Iftixor” yoshlar va “Otash” bolalar badiiy ijodiy jamoalari, 12 va 26-son Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Madaniyat markazlarida 26 ta to‘garaklar tashkil etilgan. Ularga 243 nafar havaskorlar qamrab olingan bo‘lib, shundan 220 nafarini yoshlar tashkil qiladi. Madaniyat markazlari tomonidan 8 ta mahallada, 54 ta umumta’lim maktablarda qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etilgan. Mahallalarda 102 nafar, umumta’lim maktablarida ijodiy yo‘nalishda 1541 nafar, musiqa yo‘nalishida 727 nafar yosh havaskorlar qamrab olingan.
Madaniyat markazlari tomonidan 2022 yil 9 oyi davomida 240 ta madaniy-marifiy va ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarga 15 ming 830 nafar yoshlar jalb qilindi.
-  “Shashmaqom” xalq ansambli haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsam, ushbu ansambl 1956-yil tashkil etilgan. 1972-yil “Xalq” unvoniga sazovor bo‘lgan, - dedi M.Toshpo‘latov. - Ansamblda 2 nafar ijodiy xodim, 18 nafar havaskorlar faoliyat ko‘rsatadi. Ansamblning ijro repertuarlarida san’atimizning mumtoz klassik yo‘nalishidagi “Toshkent iroqi”, “Qalandari 1,2”, “Ko‘cha bog‘i 2”, “Samarqand ushshoqi”, “Katta ushshoq”, “Dugoh”, “Segoh”, “Chorgoh”, “Bayot 1,2,3,4”, “Nasri uzzol”, “Uffori uzzol”, “Nasrulloyi”, “Buxoro Iroqi soqinoma va uffori bilan”, “Mug‘ulchai Dugoh”, “Qashqarchai-mug‘ulchai Dugoh”, “Soqinomai – mug‘ulchai Dugoh”, “Suvvoralar” o‘rin olgan.
Ochiq muloqot davomida shu va boshqa masalalar to‘g‘risida ham o‘z yuritildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM