Samarqand tumanida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Ochiq muloqotda shu haqda so‘z bordi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand tuman bo‘limi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Puri Xoliqzod Hofizi Xudoynazar ishtirok etdi.
O‘tgan yillarga nazar solib anglashimiz mumkinki, misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni guvohi bo‘ldik, uni his etdik. Har sohadagi yangilanishlar, inson farovonligi va qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarning barchasi amalda bo‘y ko‘rsatdi. Bugun ham yangi kreativ yondoshuvlarni ko‘rib, yuksalishlar tendensiyasining faol a’zosi sifatida quvonamiz.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilanganligi e’tiborga molik. Mazkur raqam baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol sifatida baholanadi.
Yetti yo‘nalishning beshinchi yo‘nalishida ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish belgilangan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Yangi O‘zbekistonni yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega bo‘lgan, erkin va baxtli insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish uchun “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqildi.
Ushbu konsepsiya asosida tumanimizda ham bir qator ishlar samarali amalga oshirildi. Jumladan, tuman umumtaьlim maktablarida o‘tkazilgan “Marifatli yoshlar-millat fahri” mavzusigida tadbirlar avvalo, yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma’rifiy yuksalishiga erishish imkonini berdi.  
"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik", “Oilaviy ajrimlarning ko‘payishi – jamiyat tanazzuli, millat fojeasi” nomli yarashtiruv, “Bir nuroniy- o‘n nafar yoshga murabbiy”, “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy xomiy” tamoyili asosida tumandagi barcha maxallalarda tashkil qilingan tadbirlar jamiyat a’zolarining ongi va tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida  “Mard askar - yoshlarga namuna” shiorida tadbirlar o‘tkazildi.
Madaniyat va sport, teatr, kitobxonlikni qo‘llab quvvatlash maqsadida  “Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi” ko‘rik tanlovlari, fudbol, basketbol tanlovlari tashkillashtirildi. Ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot va badiiy ijod sohalarining tumanimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” ko‘rik-tanlovi, "Eng yaxshi kitobxon", "Eng yaxshi kitobxon mahalla", "Ona bola kitobxon" ko‘rik-tanlovi, "Eng namunali  Ma’naviyat va ma’rifat xonasi" ko‘rik-tanlovi  bo‘lib o‘tdi.  
Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish maqsadida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tadbirlar o‘tkazildi va turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalarga qarshi imunititetni yoshlarda shakllantirish maqsadida maktablarda "Giyohvandlik-asr vabosi" mavzusida davra suhbatlari, "Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm taraqqiyot dushmani" mavzusida targ‘ibot ishlari, "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish”ga doir tadbirlar tashkil yetildi. Va shu bilan bir qatorda yoshlarda zararli oqim va g‘oyalarga qarshi imunititetni  shakllantiradigan videoroliklar qo‘yib berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM