Ochiq muloqotda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ochiqlandi

Unda tuman hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ishtirok etdi.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Samarqandtumangaz” bo‘limi xodimlari tomonidan Samarkand tumanidagi 32 ta mahallada mavjud  22 ming 437 nafar aholi va 363 ta ulgurji tabiiy gaz iste’molchilariga kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazilib berilmokda.
Tumanni tabiiy gaz bilan ta’minlashda 6 ta GTS lardan foydalaniladi. Aholi  iste’molchilarini tabiiy gaz bilan  bir me’yorda ta’minlash maqsadida tumanda 508 ta GTQ lar mavjud bo‘lib, shundan 67 donasi yuqori bosimdagi va 441 donasi o‘rta bosimlarni GTQ larni tashkil qiladi. Xozirgi kunda GTQ larning barchasi reja asosida ta’mirlanib, kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirilgan.
Toyloq tumanining Qo‘rg‘oncha mahallasida joylashgan “Toyloq-1” GTS tumanning 2-sektoridagi mahalalarga ham tabiiy gaz yetkazib beradi.  Shuningdek, Samarqand tumanining Navbog‘ mahallasida joylashgan “Samarqand-6 hamda Samarqand-1” GTSlari tumanning 3-sektoridagi aholi va ulgurji iste’molchilariga yetkazib beradi. Bundan tashqari Yangiobod mahallasida joylashgan “Shimoliy” GTS Yangiobod, O‘zbekkenti va Qorasuv mahalalari aholisi va ulgurji iste’molchilariga, Oqdaryo GTS Konigil mahallasining 160 ta xonadoniga, Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan sanoat tugunidan “Samarqand-2” GTS orqali tumanning qisman 3-sektori va 1-sektoridagi aholi hamda ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.
Samarqand tumanida 42 ta mahalla 31 ming 342 ta xonadon belgilangan reja va jadval asosida imtiyozli narxlarda har 45-50 kun oraliq vaqtda suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda. Tuman bo‘yicha 2022-yil yanvar-avgust davomida 3071.54 tn limit belgilangan bo‘lib, yanvar-avgust davomida 3277.88 tn suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Aholiga suyutirilgan gaz yetkazib berish asosan 1 ta GTS va 1 ta GTSH orqali amalga oshiriladi. Yetkazib berish uchun 5 ta maxsus ISUZI avtomashinalari mavjud.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM