Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning istiqbollari muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Payariq, Toyloq va Samarqand tumanlaridagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Markaziy harbiy okrug, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi, Samarqand viloyat faxriylar Kengashi, Mudofaa, Ichki ishlar, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari, 13060-sonli harbiy qism, hokimlik vakillari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi mas’ullari tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi muhokama etildi. Shuningdek, muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga chaqirish tartibi, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harakatining maqsad-vazifalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Seminar yakunida yetakchilar markazda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bilimlarini qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, o‘quv binolariga sayohati orqali mustahkamlashdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM