Firdavs Nizomov Samarqand tumani DSI boshlig‘i: Noyabr oyida “taksichi”lar yetakchi bo‘ldi

Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasiga noyabr oyi uchun budjet daromadlariga 12 014,0 mln. so‘mlik reja belgilangan. Amalda esa 12 946,4 mln. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 107,9 foizga bajarildi.

 

Jumladan, noyabr oyida aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha belgilangan 1 150,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 1 209,3 mln. so‘m (105,2 foiz), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha 259,0 mln. so‘mlik reja 508,3 mln. so‘m (196,3 foiz)ga bajarganligini ta’kidlash joiz.

 

Noyabr oyida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida Samarqand tumanida faoliyat yuritayotgan 12 ta tadbirkorlik subyektlariga soliq rejimini tanlashga ko’maklashildi. Jumladan, “Nur eco stroy 12” MChJ, “Mirsaidova Xushnuda” XK, “Khakimov KH investment” MChJ, “Marokand aluminium industry” MChJ, “Abbosov Akobirxon Axtamovich” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlariga yordam berildi.

 

Tuman bo‘yicha noyabr oyida 837 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida esa eng ko‘p jismoniy shaxs yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi. Jumladan, ushbu sohada 306 kishi o‘zini o‘zi band band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

 

Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasiga ijro.srdv.uz dasturida Samarqand viloyati hokimligi Telegram messenjerini nazorat qilish guruhi tashkil etilgan. 2022-yil 18-noyabrda Samarqand tumani, “Shalg‘amon” mahallasida yashovchi Siddiq Azizov ushbu guruh orqali o‘z nomida turar yoki noturar obyekt bo‘lmasada, soliq qarzdorligi haqidagi xabarnoma kelganligi bo‘yicha murojaat qilgan. Murojaatchiga tuman davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida soliq bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida javob xati berilgan va yuborilgan xabarnomadagi familiya hamda ism boshqa fuqaroga tegishli ekani tushuntirilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM