Matbuot anjumanida tumanda fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror topshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ochiqlandi

Unda Samarqand tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Jamshed Melikov ishtirok etdi.
Aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlashda sport mashg‘ulotlari, xususan, harakatli mashqlarning o‘rni beqiyos. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, tumandagi aholini jismoniy tarbiya va sportga keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarga alohida eьtibor qaratilmoqda.
Shu asosda tumanda “5 ming qadam piyoda yurish” aksiyasi tashkil etilgan va ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgani uchun ham mahallalarda piyoda yurish tadbiri muntazam o‘tkazilib borilmoqda. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportga jalb etish bo‘yicha mahalladagi Kengash yig‘ilishlarida 229 ta davra suxbatlari olib borildi. 
Bundan tashqari tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida shaxmat-shashka, stol tennisi, yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout!” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish bo‘yicha umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida 120dan ortiq davra suxbatlari olib borildi. 
Joriy yilning 02 dekabr kuni tumanning markaziy ko‘chasida ming nafardan ortiq mahalla faollari, mehnat jamoalarining ishchi xodimlari, keksa va yoshlar besh ming qadam yurishdi. Bu ham kishi salomatligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha Bo‘zi, Talibarzui bolo, O‘rta Turkman hamda Oqmachit mahalla fuqarolar yig‘inlarida 5000 qadam tadbirlari domimy ravishda tashkil etib borilyapti.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM