Kommunal soha tizimidagi muammo va ularning yechimi muhokama qilindi

Unda Samarqand tumani hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov, sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.
Tanqidiy ruxda o‘tkazilgan yig‘ilishda 2022-2023 yillarda qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlarini qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, oziq-ovqat zahirasini yaratish, aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash jarayonining borishini o‘rganildi. Shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, issiqlik energiyasi va ichimlik suv yetkazib berish hamda is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, xonadonma-xonadon kirgan xolda aholi muammolarini aniqlash va ularni holidan xabar olish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni ijrosini so‘raldi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim tashkilot rahbarlari rasman ogohlantirildi.
Shuningdek, elektr va gazdan noqonuniy foydalanayotgan holatlarni aniqlash bo‘yicha 10 ta ishchi guruh tuzilishi, unda malakali mutaxassislarni jalb etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Bundan tashqari elektr tarmoqlari korxonasining dispecherlik bo‘limi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Unda maxsus dastur orqali elektrdan noqonuniy foydalanayotgan holatlarni aniqlaydigan texnikalarning ishlash holati o‘rganildi. Ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM