Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining yetmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodovning “Sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollarining aholi muammolari bilan ishlash holati to‘g‘risida”gi axboroti, Samarqand tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri D.Xoliyevning “Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri O.Marupovning “Samarqand tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi Pensiya jamg‘armasi Samarqand tumani bo‘limi boshlig‘i B.Qosimovning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM