Batulizm qanday kasallik?

Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaxarlanishlarning ichida juda og‘ir kechadigan kasalliklardan biri botulizmdir. Uning xavfli jihatlari nimada?
Botulizm tayoqchasi anaerob, ya’ni kislorodsiz sharoitda o‘sadigan mikroblar oilasiga mansub. Bu mikroblar spora (qobiq) hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgani sababli tashqi muhit ta’sirlariga juda chidamli bo‘lib, qaynatganda ham o‘lmaydi, 120 daraja haroratda 30 daqiqada, sporasi 20 foizli zararsizlantiruvchi formalin ta’sirida 24 soatda jonsizlanishi mumkin.

Botulizm kasalligi asosan uy sharoitida tayyorlangan dudlangan baliq va go‘sht, sabzavot va meva konservalarini iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadi. Aholi o‘rtasida botulizm bilan xastalanish asosan noyabr oyidan boshlanib, may oyigacha, ya’ni uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish davrida qayd etiladi.

Samarqand tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari aholi orasida ana shunday kasalliklarning oldini olish borasida targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda. Xususan soha vakillari “Diyor” mahallasida uyma-uy yurib, uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarining iste’molga yaroqliligi ko‘zdan kechirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM