Joriy yilning bahor mavsumida 401 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi

O‘tkazilgan matbuot anjumani tumanda yashil makon dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlandi. 
Unda tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Jaxongir Bobonazarov ishtirok etdi.
-  Atmosfera havosini har-xil has hazonlarni yoqish bilan ifloslanishi oldini olish, somonpoyalarni yoqish oldini olish hamda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesilishini, noqonuniy ov qilishini oldini olish to‘g‘risida, maktablarda, mahallalarda inspektorlarimiz tomonidan doimiy ravishda targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilayapti, - deydi J.Bobonazarov. - Hozirgi kunda butunjahon miqiyosida ekologik muammolar juda ko‘payib boryapti. Respublikasizda ham bir qator ekologik muammollar mavjud. Mana shuni e’tiborga olgan holda Prezidentimizning 2021 yildagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan va qo‘yidagilarni nazarda tutadi.
- daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;
- ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish, to‘proq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos xorijiy manzarali daraxtlarni mahalliylashtirish;
- hududlarda "yashil bog‘lar" va "yashil jamoat parklari"ni barpo etish;
- daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash;
- har bir daraxtni parvarish qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilash, bu borada rag‘batlantirish mexanizmlarini keng joriy etish;
- daraxtlarni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish kabi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Shu maqsadda 2022 yilning gkuz faslida 293 ming buta va daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda esa 303 ming tup ko‘chatlar ekilishiga erishildi. Joriy yilning bahor mavsumida 505 ming tup turli daraxt, butalar ekish rejalashtirilgan. Bugungi kunga kelib 401 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.
Hurmatli yurtdoshlar! Tumanimizda bu boradagi ishlar davom etmoqda. Fursatdan foydalanib, Sizlarni ham yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishga chaqiraman.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM