
Unda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
Samarqand tumanida 2023 yil 1 yanvar holatida jami aholi soni 264 ming 337 nafarni tashkil etib, shundan mehnat resurslari 137 ming 648 nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 114 ming 499 nafarni, iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni esa 23 ming 149 nafarni, xalq xo‘jaligining turli sohalarida band bo‘lgan aholi soni 103 ming 462 nafarni, ishga joylashtirishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 11 ming 37 nafarni tashkil etadi.
2023 yilda aholini mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha 25 ming 776 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi bo‘yicha dastur rejalashtirilgan bo‘lib, sohalar va tarmoqlar kesimi buyicha aytadigan bo‘lsak, 14 ming 584 nafar fuqaroni “Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik” yunalishida bandligi ta’minlanadi. 9 ming 674 nafar fuqaroni “Qishloq xo‘jaligi” yunalishida hamda 1 ming 518 nafar fuqaroni “Investisiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoat” yunalishda bandligi ta’minlanadi.
Joriy yilning o‘tgan 2 oy davomida aholini mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha 2 ming 55 ta yangi ish o‘rinlari sohalar va tarmoqlar kesimida rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 4 ming 925 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi. Sohalar va tarmoqlar kesimi buyicha aytadigan bo‘lsak, 4 ming 389 nafar fuqarolar “Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik” yunalishida, shuningdek, 528 nafar fuqarolarni “Qishloq xo‘jaligi” yunalishida 8 nafar fuqarolar “Investisiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoat” yunalishda bandligi ta’minlandi.
Tumanda 2023 yil davomida ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha jami 2 ming 75 nafar ishsiz fuqarolarni iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona, tashkilot va muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ABKM yo‘llanmalari asosida ishga joylashtirish rejalashtirilgan. Joriy yilning 2 (Ikki) oy davomida 265 nafar ishsiz fuqarolarni iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona, tashkilot va muassasalarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.
Tumandagi har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2 oy davomida daftarga kiritilgan 84 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish maqsadida buyurtmalar berildi.
Tumanda ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish bo‘yicha 2023 yilda dastur bo‘yicha turli xil yo‘nalishdagi kasb-hunar o‘qitish markazlarida, jumladan Samarqand shahar “Ishga marhamat”, Temurbeklar maktabi Samarqand qurilish kolleji, Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi hamda Jomboy kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida tumanimizda tashkil qilingan o‘quv maskanlariga 2483 nafar ishsiz fuqarolarni o‘qitish rejalashtirilgan bo‘lib joriy yilning 2 oy davomida 618 nafar ishsiz fuqarolarga yullanmalar berilib o‘qishga jalb qilindi.
Tumandagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jami 3 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, jami 47 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 653 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ushbu o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 85 nafar ishsiz fuqarolar yo‘lanma orqali iqtisodiyotning turli soxalarida ishga joylashtirildi, hamda 522 nafar fuqarolarga maslahatlar berildi.