Samarqand tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida tuman tibbiyot birlashmasi rahbari To‘lqin Suvonov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, Samarqand tumanida yashovchi 270 ming nafar aholiga 1 ta 450 o‘rinli markaziy shifoxona, 650 qatnovga mo‘ljallangan 1 ta ko‘p  tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta oilaviy poliklinikalar va 9 ta oilaviy shifokorlik punktlari aholiga birlamchi va stasionar tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Samarqand tumanida “Yangiobod”, “O‘zbekkenti” va “Qorasuv” MFYlarida istiqomat qiluvchi 14 ming aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida yangi “Motrid” oilaviy shifokorlik punkti va “Talibarzu poyon”, “Talibarzui bolo” va “Chaman” MFYlarida istiqomat qiluvchi 11 ming nafarga yaqin aholiga “Talibarzu” oilaviy shifokorlik punkti tashkil etildi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini boshladi.
-  Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada mavjud 96 ta kunduzgi stasionar tibbiy xizmatlar kunduzi ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytirildi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun 2022 yil 1 iyundan boshlab, qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
-  Samarqand tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan 10 ta (Navro‘z, Yangijoy, O‘rta Ohalik, Ipakchi, Sahovat, Do‘stlik, Konigil, Jo‘yi Abbosning Shreder qishlog‘i va Javonobod qishlog‘i)larida mahalla tibbiy pukntlari tashkil etilib, 45 ming nafar aholiga birlamchi va kunduzgi stasionar ko‘ratish xizmati yaxshilandi.
-  Oilaviy poliklinikalarda 111 ta tibbiy brigadalar tashkil qilinib, ro‘yxatda turgan 3 va 4 xavf guruhidagilarni nazorati kuchaytirildi va tuman markaziy shifoxonasi bo‘limlarida stasionar davolanish amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.
Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar va dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yichatibbiyot birlashmada mavjud apparatura va tibbiy jixozlar elektron bazasini yaratish, sozligini nazorat kilish bo‘yicha 11 ta birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida internet aloqasi ulandi. 36 ta monoblok va 40 ta personal zamonaviy kompyuterlar olindi. Shuningdek, Samarqand tumani laboratoriya bo‘limiga 4 ta zamonaviy tibbiy apparaturalar olib tibbiy tahlillar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. 2 ta endoskop apparati tuzatilib, xirurgiya amaliyotlar olib borish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarda eshitish nuqsonlarini vaqtida aniqlash bo‘yicha audiometr apparati ishchi holatiga keltirilib audiometrik tahlillar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
Tibbiyot xodimlarining maqomi va nufuzini oshirish, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash asosida tibbiyot birlashmada ishlovchi xodimlarni jumladan oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun 15 foizga, ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun foizga va tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun 15 foizga oshirilganlishi asosida qo‘shimcha ravishda 1,122 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy ko‘rik bepul o‘tkazish choralari ishlab chikildi. Birinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 may kunidagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlarini gepatit “B” kasalligiga bepul tekshiruvi amalga oshirilishi va emlash tadbirlari yo‘lga qo‘yilib, tibbiyot birlashmada ishlovchi 2110 nafar tibbiyot xodimlari gepatitning “B” va “S” turlari bo‘yicha tahlillari olinib skring tekshiruvlari o‘tkazildi.

Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish bo‘yicha Samarqand tumanida sog‘lom turmush tarzi orqali, kasallikning oldini olishga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan muntazam faoliyat olib boradigan “Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari” jamoasini shakllantirish bo‘yicha 11 ta faol tibbiyot xodimlaridan iborat jamoa shakllantirildi.
Kelgusida ham rejalar mavjud. 2023 yil 1 choragida “Bo‘zi” va “Qaynama” tibbiy punktlarini oliaviy shifokorlik punkti sifatida qayta tiklash, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha kardiologiya bo‘limiga ExoEKG va xolter apparati va nevrologiya bo‘limiga ExoEEG apparatlarini olish rejalashtirilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM