Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda qanday ishlar olib borilgan?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari Sanobar Savronova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi vajamot salomatligi xizmati xodimlari tomonidan yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi va uning oldini olish bo‘yicha qator ishlar olib borilmokda.
2022 yilning o‘tgan 12 oyi mobaynida tumanimiz aholisi orasida ro‘yxatga olingan 35 turdagi yuqumli kasalliklarning 16 turi, ya’ni quturish, vabo, kuydirgi, toshmali tif, parranda gripi, gemorragik isitma, qorin tifi, tulyaremiya, salmonellyoz, bugma, suzak, qokshol, ko‘kyo‘tal, miningit, pedikulez, qizamiq kasalliklari kayd etilmadi.
Shuningdek, tumani aholisi o‘rtasida 2022 yilning 12 oyida o‘tgan yilga nisbatan yuqumli kasalliklar ko‘payish holati tahlil qilinganda, o‘tkir ichak kasalliklari, brusellyoz, virusli gepatit “A”, lyambliya, trixofitiya, so‘zak, shifoxona ichi infeksiyasi oshgan bo‘lsa-da, ayrim kasalliklar, masalan, enterobioz kasalligi, sil kasalligi, zaxm  kasalliklari kamayishi  kuzatilgan.
Qayd etilgan kasallik o‘choqlarida o‘z vaqtida epidemiologik surishtiruv hamda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha 2022 yil yanvar oyida bilan kasallanish 530 nafarga ko‘paydi va epidemik vaziyat barqarorlashib, fevral oyida 37 nafarga, mart oyida 4 nafarga kamayib, shundan may oyida 2 ta qayd etilishi kuzatildi. Jami 573 nafarni tashkil qilmokda. Shundan uyushmagan bog‘cha yoshdagi bolalar orasida 12 holat, o‘kuvchilar orasida 59 holat, tibbiyot xodimlari o‘rtasida 17 holat, o‘kituvchilar orasida 47 ta holat, aholi o‘rtasida esa 438 ta holatni tashkil etdi.
Joriy yilning davrida tumanda epidemik vaziyat nohush bo‘lgan davlatlardan kelgan hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan jami 608 nafar fuqarolar tibbiy nazoratga olindi. Shulardan, 51 nafarida musbat natija aniqlandi. Hozirgi kungacha tuman SEO va JS virusologiya laboratoriyasida 176 000 dan ortiq fuqarolardan test namunalar olindi.
Tuman SEO va JS bo‘limi tomonidan kasalliklarga qarshi emlash ishlari tashkil qilish bo‘yicha quyidagi ishlar olib borildi.
2022 yilda koronavirusga karshi axolini emlash uchun Rekombinat Novei Coronavirus Vaccine (ZF) O‘zbek-Xitoy, ’’Sputnik V”, ’’Moderna”, ’’Astra Zenika”, ’’Pfayzer" vaksinalari ishlatildi. Bundan tashqari tuman aholisi o‘rtasida Respublikada tasdiqlangan milliy emlash kalendari asosida Shol, Diareya, Kokshol, Bugma, Kizamik, Virusli Gepatit "V" va Sil kasalliklarga qarshi rejali emlash ishlari olib borilmoqda. Epidemiologik ko‘rsatmaga asosan virusli Gepatitning V turiga qarshi xavf guruhiga kiruvchi tibbiyot xodimlarini 2022 yil iyul oyida emlash o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, oxirgi paytlarda dunyo axborot vositalarida maymun chechagi deb atalmish kasallikning keng tarkalayotgani haqida ko‘p yozilyapti. Maymun chechagi yangi kasallik emas. 1958 yilda maymunlarda aniqlangan, odamlarda esa ilk holat 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida kuzatilgan. 1958 yilda tadqiqot laboratoriyasida maymunlarda chechakka o‘xshash epidemiya aniqlangan va shu sababli kasallik maymun chechak nomini oldi. Markaziy va Gʻarbiy Afrikadagi tropik o‘rmonlarga ega Nigeriya va Kongo Demokratik Respublikasida kuzatilgan kasallikning chastotasi aniq ma’lum emas.
Afrikada xar yili bir necha yuzlab holatlar qayd etiladi. Kasallik vaqti-vaqti bilan Afrikadan boshqa qit’alarda ham odamlar (yoki hayvonlar) tomonidan yuqqani kuzatiladi. Maymunlarga qaraganda bu virus kalamush, sichqon kabi kemiruvchilarda tez-tez uchraydi va ulardan odamga yuqadi. Bemor bilan yaqin aloqada bo‘lish yoki virus joylashib olgan kiyim, sochik va choyshablardan foydalanish natijasida xam yuqishi aniqlandi. Bu kasallikning oldini olish xuddi

koronavirus infeksiyasi profilaktikasiga o‘xshaganligi sababli barcha choralar ishlab chiqilgan. Hozirda faqat targ‘ibot ishlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8-iyuldagi “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘lik xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar olib borildi.
Tumanda 2022 yil davomida 134 nafar fuqarolar antirabik yordam uchun murojaat kilishgan bulsa, 85 nafari yoki 43,3 % i 18-yoshgacha bolalar. Jarohatlanganlar: itlardan 117 nafar, mushuklardan 14 ta, kemiruvchilardan 3 nafarni tashkil etdi.
2023 yil 3 oyida esa 87 nafar fuqaro hayvondan jarohatlanish bo‘yicha murojaat qilgan. Shundan barchasiga antibarik yordam ko‘rsatilib, qutirish kasalligi oldi olindi. Jarohatlanganlarning asosiy qismi «D» toifadagi (83 tasi) itlardan bo‘lib, bu esa aholi tomonidan itlarni saqlash qoidalariga to‘liq amal qilmaganligi oqibatida kelib chiqmoqda.
Tumanda kuydirgi kasalligining oldini olish borasida ko‘p qayd kilinayotgan Arabxona, Do‘stlik va Qorasuv mahallalari xududlarida yashovchi axoli tomonidan go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan so‘yilishi va aholiga sotilishi bo‘yicha doimiy targ‘ibot olib borildi. Oxirgi 5 yil mobaynida A.22. (Kuydirgi) kasalligiga gumonkilinib, 5 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga va 2 nafar fuqaro esa tuman YUKB ga yotkizilgan. O‘z vaqtida olib borilgan epidemiyaga qarshi tadbirlar natijasida kasallikning aholi o‘rtasida avj olib ketishining oldi olindi. Hozirgi kunda tumanimizning "Oqmachit" MFY da 1 ta va "Mirishkor" MFYda 1 ta kuydirgi kasalligi o‘choqlari mavjud bo‘lib, ushbu tuproq o‘choqlari qayta inventarizasiyadan o‘tkazilib, atrofi temir panjara bilan o‘raldi, ustki qismi betonlanib, maxsus ogohlantiruvchi belgilar qo‘yildi. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Prezidentimizning Farmon va Qarorlari aholi sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim huquqiy mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM