Xitoy tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, fermer, dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarinidan oqilona foydalanish, ularni sug‘orish mexanizmlarini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilgan. Shu jihatdan hududlarga investitsiyalar ham kiritilmoqda. Xitoylik tadbirkorlar hamda Samarqand tumani hokimi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar ana shu masalalarga bag‘ishlandi.
Xitoyning ZHejiang Tianci New Energy Sciyencye technology Co.LTD kompaniyasi a’zolarini Samarqand tumani hokimi S.Usmanov qabul qildi hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, savdo-iqtisodiy, turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda delegatsiya a’zolari tomonidan muqobil elektr inergiyasi ya’ni, quyosh ponellarini o‘rnatish, shunga mos ravishda fermer, dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarini sug‘orish uchun qaziladigan artezian quduqlarini o‘rnatish masalalari o‘rtaga tashlandi. Delegatsiya a’zolari mazkur yo‘nalish borasida o‘zining loyihalarini taklif etdi. Buning uchun investitsiya kiritilishi ta’kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida tumanning suv ta’minoti og‘ir hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va daromad manbaini oshirishga kelishib olindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM