
Anjuman bog‘cha yoshidagi bolalarning bog‘chaga qamrovini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi.
Bugungi kunda tumanda jami 54 ta ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 53 tasi umumta’lim maktablari va 1 tasi “Barkamol avlod” bolalar maktabidir, - dedi B.Mardonov.
- Ta’lim sifati pedagog kadrlarning salohiyatiga bog‘liq albatta.. Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarning sifat tarkibi tahlil qilinganda 2022 yilda 2560 nafar pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning 2376 (92,8%) nafari oliy ma’lumotli, 94 (3,7%) nafari tugallanmagan oliy, va 90 (3,5%) nafari o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar bo‘lsa, 2023 yilda 2767 nafar pedagog xodimlarning 2341 (84,6%) nafari oliy ma’lumotli, 349 (12,6%) nafari tugallanmagan oliy, va 77 (2,8%) nafari o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni tashkil etdi.
Joriy yil 15 aprel holatiga ko‘ra tuman umumiy ta’lim o‘rta maktablarida 275 nafar oliy toifali, 587 nafar birinchi toifali, 779 nafar ikkinchi toifali o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Anjumanda ta’kidlandiki, maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada tumanda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023 – yil yakuniga qadar 3-7 yoshli bolalar qamrovini oshirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan “Yo‘l xarita” ishlab chiqilgan bo‘lib, “Yo‘l xarita”ga asosan yil yakuniga qadar “Obod mahalla” dasturi asosida 1 ta 60 o‘rinli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishini yakuniga yetkazish, investitsiya dasturi asosida 26,27-sonli – DMTTlar qayta rekonstruksiya qilinishi va mavjud quvvati 120 o‘ringa oshirilishi, 20 ta yangi Oilaviy (350 o‘rinli) maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilib buning natijasida qo‘shimcha 530 nafar 3-7 yoshli bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi, - deydi B.Mardonov. - Tumanda yangidan tashkil qilinadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisobiga 2023 yil yakuniga qadar 58 ta isho‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Ushbu ish o‘rinlarning 15 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 43 tasi davlat xususiy sherikligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faolyatini yo‘lga qo‘yish orqali yaratiladi.
Yil yakuniga qadar 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrov darajasi 67,1 foizni ( 1431 nafarni) tashkil etishi rejalashtirilgan.