
O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirok etdi.
Tumandagi 2023 yil hosili uchun 5690 gektar asosiy ekin maydonlariga turli ekinlar ekildi. Shundan, 1885 gektar boshoqli don ekinlari, 385 gektar moyli (soya) ekinlar, 1400 gektar sabzavot (148 gektar to‘qsonbosti usulida ekilgan piyoz, 1252 gektar bahor oylarida ekildi), 600 gektar kartoshka, 1173 gektar ozuka (beda, xashakli lavlagi, makka don) ekin ekildi. Yuqorida aytib o‘tilgan 1400 gektar sabzavotladan esa 327 gektar pomidor, 140 gektar bodring, 120 gektar sabzi, 50 gektar piyoz, 13 gektar sarimsoqpiyoz, 49 gektar karam, 42 gektar ko‘katlar, 303 gektar shirin qalamfur, 2 gektar achchiq qalampir, 206 gektar osh lavlagini tashkil etadi.
Shundan, 578 tonna soya, 33 600 tonna sabzavot (bular: 11 536 tonna pomidor, 4 230 tonna bodring, 2 400 tonna sabzi, 1 200 tonna piyoz, 104 tonna sarimsoq piyoz, 1 372 tonna karam, 400 tonna ko‘katlar, 4 800 tonna shirin qalamfur, 5 356 tonna osh lavlagi), 11 500 tonna kartoshka, 11 730 tonna ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shu kabi ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 1915 gektar maydonlarga takroriy ekinlar ekildi. Jumladan, sabzavod 118 gektar, kartoshka 1110 gektar, dukkakli don 522 gektar va ozuqa ekinlar 165 gektar ekin turlari bo‘yicha ekilgan.
Shundan, 2578 tonna sabzavot (bular: 252 tonna shalg‘om, 450 tonna bodring, 800 tonna sabzi, 264 tonna turp, 812 tonna karam), 13 900 tonna kartoshka, 1 165 tonna dukakli ekinlar, 550 tonna ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, tumanda 2023 yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari bog‘-tok qator oralariga jami 550 gektar (bahor hamda kuz fasllarida) qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan. Shundan, 495 gektar sabzavot, 20 gektar pomidor, 18 gektar bodring, 15 gektar karam, 20 gektar poliz, 35 gektar dukkakli don ekinlari, 114 gektar piyoz, 39 gektar sabzi, 45 gektar osh lavlagi, 223 gektar ko‘katlar, 21 gektar gul karam.
Bugungi kunda tumanda eng ko‘p ekiladigan kartoshka bu “Santa” navdagi kartoshka bo‘lib, ushbu kartoshkaning afzalliklari yuqori kraxmalli tarkibi (14% gacha), hosildoligi (570 s / ga gacha), mukammal saqlash sifati (92%), ajoyib tashqi ko‘rinish, yuqori ta’m xususiyatlari, chirigan va nematodalarga qarshilik, urug barqarorligi, nav qurg‘oqchilikka moslashganligidir.
Shu bilan birga, “EVOLUTION” navdagi kartoshka ertapishar. Palagi tik o‘suvchan, baquvvat, ko‘p poyali, o‘rtacha barglangan, barglari yirik. Tuganagi shakli cho‘ziq-ovalsimon, juda chiroyli, yirik, ko‘zchalari yuza joylashgan. Po‘stining rangi qizil, etining rangi och-sariq bo‘lib hosildorligi o‘rtacha gektaridan 28.5 tonnani tashkil qiladi.
Tumanda asosan Karmen, Kasinka, Kasopiya hamda Brako, Medaliyon, Siber navdagi piyozlar ekiladi.
Karmen-bu qizil piyoz navi Gollandiyalik seleksionerlar tomonidan yetishtirilgan. Ommaviy yig‘im ekishdan taxminan 80-85 kun o‘tgach boshlanishi mumkin. Hosildorlik ancha yuqori. 1 m2 bilan siz 1,5-2 kg gacha piyoz to‘plashingiz mumkin. O‘simlikning balandligi 30 sm gacha. O‘rtacha vazni - 70 g. Shakli yumaloq-tekis, pulpa zichligi o‘rtacha. Ichkari binafsha rangda. Ta’mi juda o‘tkir emas, hatto bir oz shirin, aniq xushbo‘y hidga ega. Qizil piyozda juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Bu vitamin C ning boy manbai. U immunitetni oshirish, shuningdek, ko‘plab kasalliklarning oldini olish va davolash uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Xolesterol darajasi yuqori bo‘lgan odamlar uchun tavsiya etiladi. Qizil piyoz xavfli o‘smalar paydo bo‘lishining oldini oladi, saraton hujayralari o‘sishini sekinlashtiradi. Piyozning bu navi foydaliligi va ajoyib ta’mi tufayli mashhurlikka erishgan.
Tumanda asosan Shantane hamda Nantes navdagi sabzilar ekiladi. Nantes sabzisi hosildorligi 5-7 kg, shakar miqdori 7-8,5% bo‘lib, erta pishishga chidamli, ammo gullashga moyil. Erta va kech bahorda ekish uchun juda yaxshi. Sovuqqa chidamliligi tufayli xilma qishda ekish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bugun qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, yerdan sifatli hosil olish uchun olimlarimiz tinmay izlanish olib boryapti. Afsuski, ko‘p hollarda ularning tadqiqotlari amaliyotga joriy etilmasdan, laboratoriya xonasida qolib ketyapti. Natijada fermerlar yurtimizdagi tayyor o‘g‘itlar turib, xorijdan qimmat narxga preparatlar sotib olishmoqda.