Muammo bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasidagi ichki yo‘llarning o‘ta abgor holatdaligi, aholi yo‘llarni ta’mirlash maqsadida mutasaddilarga yillar davomida qilayotgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilganidan shikoyat qilingan.
Mazkur holat tuman hokimligi tomonidan joyiga borgan holda o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu kunning o‘zida “Mirzo Ulug‘bek” mahallasining ichki ko‘chalariga tosh-shag‘al va asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM