Aholi, jumladan yoshlar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashtirishda qulaylik yaratish va bo‘sh ish o‘rinlarini ularning e'tiboriga yetkazish maqsadida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda, joriy yilning 12 mart kuni soat 10:00da bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.
Yarmarka Samarqand tumani, “Gulobod” MFY hududida joylashgan 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabida o'tkaziladi. Unda tumandagi korxona hamda tashkilotlar tomonidan bo'sh ish o‘rinlari taklif etiladi.
Shuningdek, tadbir doirasida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi va ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
