Янгиликлар

Bir kunda ikkita mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand tumanidagi Ohalik mahallasida 3727 nafar fuqaro 764 ta xonadonda istiqomad qilishadi. Bugun aholiga zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish uchun 5 xonali mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, tuman hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri. I.Murodov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mahalla homiylar tomonidan 300 million so‘m evaziga qurib bitkazildi.

Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning istiqbollari muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Payariq, Toyloq va Samarqand tumanlaridagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash, dala-o‘quv maydonida harbiy mashg‘ulotlarni o‘tashga bag‘ishlangan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi

Unda tuman hokimning o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlovchi yuqori harbiy salohiyatga ega bo‘lgan armiyaning shakllantirilganligi bugungi tinch va osoyishta hayotimizning muhim asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Samarqand tumanida 47 million so‘m qarzdor ota jazoga tortildi

Byuroning Samarqand tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloqtumanlararo sudining2020 yil 14avgustdagi qarori bilanqarzdor M.T.dan undiruvchi U.N. foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ikkidan bir qismi mikdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM