Янгиликлар

50 gektarlik uzumzor bir sutkada sug‘oriladi

 

Bundan 4-5 yil avval bu yumushni bajarishga oylab vaqt sarflanardi. Navbat kutish, ortiqcha elektr energiyasi, ishchi kuchi, isrofgarchilik. Tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgach, hammasi ortda qoldi.

Bu gaplar bugun Samarqand tumanida o‘tkazilgan press-turda takror-takror aytildi. Tadbirda OAV vakillari tumandagi uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi ayrim fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi. 

Sektor rahbarlari Qo‘shtamg‘ali fuqarolarini qabul qildi

Qo‘shtamg‘ali mahallasida tashkil etilgan qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, bandlik, tibbiyot birlashmasi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi. Unda 30 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora ko‘tarilgan uchrashuvda murojaatlar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda kommunal soha masalalariga oid bo‘ldi.

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi

Respublikamizni barcha joylarida bo'lgani kabi Samarqand tumanida ham bugungi kun munosabati bilan obodonlashtirish ishlariga kirishildi. Erta tongdan Samarqand tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi na