Янгиликлар

Hokim o‘rinbosarlari fuqarolarni qabul qildi

Samarqand tumani hokimi o‘rinbosarlari mahallalarda aholi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rganmoqda. Shu maqsadda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Baratova Nurafshon hamda Chumchuqli mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdi.

Nurafshon mahallasida 13 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Mutasaddilar ishtirokida har bir murojaat atroflicha o‘rganildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.

Matbuot anjumanida 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yiao‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu asosda tumandagi 16-30 yoshdagi 51 ming 567 nafar yoshlardan 49 ming 472 nafari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yoshlar balansi” elektron platformasiga kiritildi.

Ikkita mahallada 40 ta murojaat o‘rganildi

Tuman hokimi Sirojiddin Usmanov hamda sektor rahbarlarining Sho‘rboicha va Xo‘ja Ahrori Vali mahallalarida o‘tkazgan sayyor qabulida 40 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Dastlab Sho‘rboicha mahallasi yoshlari maktab sport zalidan bemalol foydalanishi, yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda sort to‘garaklarini tashkil etish, buning uchun tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiriga yetarlicha sharoit yaratib berish borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Hokim o‘rinbosarlari qabul o‘tkazdi

Viloyat hokimining joriy yil 4-avgustdagi 07-01/1360-sonli reja-jadvali asosida Samarqand tumani hokimining o‘rinbosarlari va ularning majmualari tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari bilan mahallalarda uchrashuv o‘tkazish belgilangan. Unga ko‘ra, har bir hokim o‘rinbosari 4 ta sektordagi mahallalarda aholi muammolarini o‘rganadi, ular bilan uchrashuvlar tashkil etadi.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Bo‘zi mahallasida tashkil etildi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev aholi murojaatlarini tingladi. Ularga ijobiy yechim topish choralari ko‘rildi.

Tumandagi axborot-kutubxona markazi 400 ta yangi kitob bilan ta’minlanadi

-  16 ming 778 ta kitob fondiga ega axborot-kutubxona markazida 5200 ta badiiy adabiyotlar, 1120 ta ijtimoiy-siyosiy va boshqa turdagi kitoblar tuman aholisiga xizmat qilmoqda, - deydi tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova matbuot anjumanida. – Bundan tashqari tumandagi 7 ta mahallada hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 54 ta kutubxona mavjud. Mazkur maktablarda mavjud kutubxonalarda 1-11-sin o‘quvchilari uchun o‘zbek, rus va tojik tillarida badiiy adabiyotlar 71 ming 701 tani tashkil etadi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM