Янгиликлар

Sifatli mahsulotlar ham almashtirilishi mumkinmi?

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasida fuqarolar maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun ichida ushbu tovarni sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli ekani belgilab qo‘yilgan.

Yagona portalda yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi

Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23 sentyabrdagi 597-sonli qaroriga asosan 2021 yil 1 noyabrdan boshlab: Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.

Favqulodda vaziyatlarga tayyormizmi?

Tuman hududida tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun qanday harakat qilish zarur? 
Tuman favqulodda vaziyatlar, yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi hamda sohaga aloqador tashkilotlar vakillarining navbatdagi yig‘inida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Samarqand tumanining 5 ta mahallasida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga soat 11:00 dan 16:00 ga qadar aholini kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “L-Afrosiyob” nimstansiyasidan chiquvchi “Zafarobod” fiderida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Badal, Talibarzui bolo, Talibarzui poyon, Chaman hamda Sho‘rboi mahallalarida elektr energiyasi uziladi.

Samarqand tuman elektr ta’minoti korxonasi mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM