2023 yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar
05.05.2023 - 18:51Shu mavzuda o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
- Samarqand tumanida 264 ming 337 nafar aholi istiqomat qiladi, - deydi Sh.Hasanov. - Shundan mehnat resurslari 137 ming 648 nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 114 ming 499 nafarni, iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni esa 23 ming 149 nafarni, xalq xo‘jaligining turli sohalarida band bo‘lgan aholi soni 103 ming 462 nafarni, ishga joylashtirishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 11 ming 37 nafarni tashkil etadi.